Bred Pitt yana Anjelina Jolini sudga berdi

Gollivud aktori Bred Pitt sobiq rafiqasi Anjelina Jolini sudga berdi.
Sputnik
Gollivud aktori Bred Pitt sobiq rafiqasi Anjelina Joliga qarshi sudga ariza bilan murojaat qildi. U aktrisani qo‘shma biznesdagi ulushini rossiyalik tadbirkorga yashirincha sotganlikda ayblamoqda, deb yozdi “Gazeta.ru”.
O‘tgan yilning sentabrida Pitt Joliga vino zavodidagi o‘z ulushini sotishga ruxsat bergan. Lekin u shart qo‘ygan - xaridorning nomzodini shaxsan ma’qullashi kerak edi.
Biroq, oktabr oyida aktrisa sobiq erini ogohlantirmasdan tadbirkor Yuriy Shefler kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi.
Pitt endi zararni qoplash va bitimni bekor qilishni talab qilmoqda.
Bred Pitt bolalarga vasiylik qilish masalasida sobiq rafiqasiga sudda yutqazgandi.