TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari –Turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimov nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar. Bu haqda Oliy Majlis axborot xizmati ma’lum qildi.
Shundan so‘ng deputatlar Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga Adxam Ikramov nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar.