Aziz Abduhakimov va Adham Ikromov yangi vazirliklar rahbarligiga tayinlandi

Aziz Abduhakimov va Adham Ikromov yangi vazirliklar rahbarligiga tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Prezidentning tegishli farmonlari bilan Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga, Ikramov Adxam Ilxamovich sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Bundan ilgariroq ushbu ikki nomzod Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.