Samarqand shahriga yangi hokim tayinlandi

Shaharning sobiq hokimi Boburmirzo Oblaqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Samarqand shahar hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Samarqand shahar hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Boburmirzo Oblaqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi. U 2019-yil may oyida shahar hokimi bo‘lgan edi.
Sessiyada deputatlar Fazliddin Umarov nomzodini shahar hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Mazkur tayinlovga qadar Umarov Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.
Avvalroq Jahongir Hatamov Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlangani xabar qilingan edi.