TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Rustam Shoabdurahmonov O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarligidan ketdi. Bu haqda MOQ Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda 2019 yilning may oyidan beri MOQ raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonovning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ketish to‘g‘risida yozgan arizasi ko‘rib chiqilgan.
So‘zga chiqqan Shoabdurahmonov so‘nggi yillarda davlat rahbarining jismoniy tarbiya va sportga qaratayotgan ulkan e’tibori, sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlarni e’tirof etgan.
“O‘z navbatida Rustam Shoabdurahmonovning arizasi Ijroqo‘m a’zolari tomonidan qabul qilindi”, - deyilgan xabarda.
Yangi rahbar qo‘mitaning navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi yig‘ilishida saylanadi.