Lavrov: AQSh Ukrainani sirtdan boshqarmoqda

Rossiya tashqi ishlar vaziri G‘arb umuman olganda Ukrainada rahbarlik qilayotganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Amerika Ukrainani sirtdan boshqarmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“G‘arb umuman olganda Ukrainada rahbarlik qilmoqda. Amerikaliklar allaqachon u yerni sirtdan boshqarishmoqda. Ro‘y berayotgan voqealardagi barcha aybni Rossiyaga ag‘darish – bu bizga tanish taktika va strategiya. U muvaffaqiyat bilan yakunlanmaydi”, - dedi Lavrov Moskvada bo‘lib o‘tgan italiyalik hamkasbi Luidji Di Mayo bilan uchrashuvda.

Avvalroq Rossiya TIV rahbari Ukraina atrofidagi vaziyat keskinlashishi Rossiyada emas, balki G‘arbda ko‘pirtirilib gapirilayotganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga oid:

Lavrov Zelenskiy G‘arbga nima uchun kerakligini taxmin qildi
Agar bu Rossiyaga bog‘liq bo‘lsa, unda urush bo‘lmaydi - Lavrov