G‘arb urushga kelmagani uchun Rossiyani mag‘lub bo‘ldi deb hisoblamoqda

“Rossiya birinchi bo‘lib kiprik qoqdimi? Yoki yaxshiroq mo‘ljalga olish va tepkini bosish uchun ko‘zini sal ochdimi?”
Sputnik
“The Economist”ning bu iqtibosi NATO elitalarining bugungi kayfiyatiga juda yaxshi baho beradi – ular yana ozgina “Rossiya tahdidi”, Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishi borasidagi axborotni yanada bo‘rttirishni afzal bilib, Ukraina atrofidagi vaziyat iziga tushgani haqida e’lon qilishga shoshilishmayapti.
Shu bilan birga, umuman olganda Rossiya va G‘arb qarama-qarshiligining hozirgi bosqichini yakunlandi deb hisoblash mumkin, demak, dastlabki xulosalarni chiqarish mumkin. Bu bo‘lib o‘tmagan urushda kimning qo‘li baland keldi – va bu qanaqa urush edi?
Bilamizki, Rossiyani jang maydonida mag‘lub etishning deyarli sira iloji yo‘q, agarda faqat o‘zimiz o‘zimizni ichimizdan vayron qilmasak va o‘z kuchlarimizni barbod qilmasak.
Birinchi jahon urushida ham, sovuq urushda ham shunday bo‘lgandi. Va oxirgisidagi ixtiyoriy taslim bo‘lishlikning oqibatlarini, jumladan, ukrain yo‘nalishida haligacha tozalayapmiz.
Lekin hozir biz ixtilofning yangi shaklini ko‘rapmiz. Dushmanlarimiz e’lon qilishdiki, biz urushga hozirlanyapmiz, hatto uning sanasini belgilashdi, qahramonlarcha uni to‘xtatishga urinishdi... Urush bo‘lmaganda esa, ya’ni Rossiya unga kelmadi, bizni mag‘lub bo‘ldi deb hisoblashmoqda – sportda kelmaganlik uchun beriladigan texnik mag‘lubiyat emas, balki geosiyosiy mag‘lubiyat.
Bu yerda G‘arb o‘zi to‘qib chiqargan va targ‘ib qilgan Rossiya tajovuzining haqiqiyligiga ishongani yoki ishonmaganligi, yoki bu to‘liq maxsus operatsiya bo‘lgani muhim emas. Hozir boshqa narsa muhim: bizni geosiyosiy qarama-qarshilikda mag‘lub deb e’lon qilishga urinishmoqda. Bu urinishlar qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin?
Agar Rossiyaning xalqaro obro‘yi haqida gapiradigan bo‘lsak, “G‘arb tomonidan oldi olingan rus tajovuji” unga hech qanday ta’sir qilmaydi.
G‘arb auditoriyasidan tashqariga buni o‘tkazolmaysan – na Xitoyga, na Hindistonga, na Arab dunyosiga (u Suriya misolida yaxshigina saboq oldi), na hatto Lotin Amerikasiga (tasodifan, lekin ramziy ma’noda uning ikkita yirik mamlakatlari, Braziliya va Argentina prezidentlari “bostirib kirish” atrofidagi vahima avj olgan vaqtda Moskvada tashrif bilan bo‘lishdi). Ya’ni anglosakslar tomonidan to‘qib chiqarilgan virtual g‘alaba ularga naf keltirmaydi. Zarari esa yetarlicha sezilarli bo‘ladi.
Vashintgton va London keng ko‘lamdagi vahimani keltirib chiqardi, endi Rossiyaning ularni bilib turib ig‘vo qilish va yolg‘on xabarda tarqatishda ayblashga barcha asoslari bor. Har qanday mamlakat o‘zini uning o‘rnida qo‘yib ko‘rishi mumkin – va bu vaziyatda nima qilgan bo‘lishi mumkinligi borasida bosh qotirishi mumkin. Hammaning xulosasi taxminan bir xil bo‘ladi: anglosakslarning shunga o‘xshash ko‘lamda axborot terrorini uyushtirish imkoniyatidan imkoni boricha mahrum qilish uchun qo‘ldan kelgan hamma ishni qilmoq zarur.
Ya’ni dunyo g‘arbcha axborot maxsus operatsiyalari faqat G‘arb mamlakatlarini qamrashi uchun yanada tezroq real ko‘p qutbli bo‘lishi darkor.
Hatto amerikaliklarning biror bir qismi Bayden Putinni to‘xtatib qolganisha ishongan taqdirda ham, bu demokratlarga noyabrda kongressga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlardagi Tramp qasosini to‘xtatishga yordam bermaydi (u yerda boshqa usullar qo‘llanishi mumkin, ichki siyosiy, biroq bu boradagi shubhalar bisyor).
Qolaversa, Amerika-Rossiyaning xavfsizlik to‘g‘risidagi muzokaralari boshlangandan keyin “Ukraina himoyasini” demokratlarga qarshi qo‘yishadi, ularni ruslarga yon berishda, Rossiya va Xitoyning yanada yaqinlashishiga ko‘maklashishda ayblashadi.
Lekin “Rossiya yutqazdi” tezisini qo‘llash uchun uchinchi maydon bor – Rossiyaning ichki siyosati. Unda geosiyosiy dushmanlarimiz bu mavzuni alohida surbetlik bilan gij-gijlashadi. Bunda ham muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishadi.
“Rossiya mag‘lub bo‘ldi” degan mavzuning yana bir varianti bor – sal murakkabroq. Biz urushishni istamadik, lekin anglosakslarni yuragini olib qo‘ydik, shuning uchun ularga oldindan ma’lum maqbul bo‘lmagan xavfsizlikka oid talablarni qo‘ydik va Ukraina atrofida harbiy namoyish o‘tkazdik. Ular qo‘rqishlari va kamida Ukrainaning NATOga kirmasligiga kafolat berishda yon berishlariga umid qilgan holda.
Biroq sabotli Bayden va boshqalar bukilishmadi, aksincha, Putin unga bormoqchi bo‘lmagan Ukrainga qarshi operatsiyaga bizni undaylariga oz qoldi. Natijada biz ortga qaytishga, “sharmandali tinchlikka” rozi bo‘lishga majbur bo‘ldik, ya’ni keskinlashishning avval boshdagi holatiga qaytish.
Bu mantiqda eng zaif (G‘arbning bizning hujumimiz haqidagi taxminlaridan tashqari) birinchi ma’no bo‘ladi: Putin blis o‘ynaganiga ishonish, ya’ni qisqa partiyadagi tez g‘alabaga umid qilgan.
Biroq, noyabr oyida xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ultimatumni ilgari surib, prezident Baydenning zaifligidan (haqiqatdan zaiflashgan, jumladan, afg‘on voqeasi bilan), Germaniyadagi hukumat o‘zgarishidan yoki Fransiyada saylovlar yaqinlashib kelayotganidan kelib chiqmagan. U Ukraina uchun umumiy strategiya kurashidan kelib chiqqan.
Kurash mana necha yildirki davom etib kelmoqda, lekin yildan yilga o‘tkir tus olmoqda. Biz Ukraina uchun Zelenskiy yoki ukrain boylari bilan kurashayotganimiz yo‘q, balki jiddiy ravishda tarixiy Rossiya bir qismini doiiy tarzda tortib olishga umid qilayotgan atlant dunyosidagi kuchlar bilan kurashapmiz.
Ya’ni 1991-yilgi natijalarning rus dunyosi va Yevropa o‘rtasidagi chegaralarni qayta ko‘rib chiqish orqali strategik, tarixiy mustahkamlanishga pul tikishmoqda. Aynan bu biz uchun qat’iyan nomaqbul – Putin uchun emas, balki hozirgi rus-ukrain chegarasining har ikki tomonidagi har qanday rus uchun. Putin aynan shu haqda o‘zining taklif-talablarida G‘arbga aytmoqda – va G‘arb elitasi aynan buni juda yaxshi tushunishdi.
Ularni Rossiya bugun nima qilishi xavotirga solmaydi, ularni Rossiya Ukrainani o‘zlariga og‘dirib olish, sharqqa kengayish rejalaridan voz kechishga majburlayotgani tashvishga soladi.
Ochig‘ini aytganda, o‘rta muddatli istiqbolda ularnig o‘zganikini ushlab turish imkoniyatlari kam edi. Buni Kissindjer kabi strateglar juda yaxshi bilishadi. Biroq ularning Ukraina bilan bu xom xayolni uzoqroq cho‘zish mumkin bo‘ladi degan fikrlari bo‘lgan. Endi esa Putin ularni bu xom xayoldan mahrum qildi.
Ularga tahlil qilish va bu faktni tan olish uchun yana bir qancha vaqt lozim bo‘ladi. Ukraina uchun bu kurashdagi (lekin haligacha geosiyosiy urushda emas) o‘z mag‘lubiyatini tan olish fakti.

Mavzuga oid:

Ukraina harbiylari Luganskni o‘qqa tutishni kuchaytirdi
Rossiya urushni xohlamaydi – Putin
AQSh Ukrainani urushga chorlamoqda
AQSh Donbassga qachon o‘t qo‘yadi?