Birinchi sinf o‘quvchilariga fevralda ta’til berilmaydi

O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida belgilangan bir haftalik ta’tilga chiqishmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida belgilangan qo‘shimcha bir haftalik ta’til berilmaydi, deb xabar qilmoqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.
Bunga o‘quvchilarning qishki ta’til kunlarini joriy yilning 24-yanvariga qadar uzaytirilganligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

“Shu munosabat bilan 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida belgilangan qo‘shimcha bir haftalik ta’til berilmasligini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlangan edi. Ta’til 2022-yilning 10-yanvarigacha davom etishi kerak edi. Keyinroq ta’til muddatini 24-yanvargacha uzaytirishga qaror qilindi.