TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Rossiya urush bo‘lishini istamaydi, shuning uchun ham Yevropada teng xavfsizlikni ta’minlashga oid muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokaralar yakunida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Buni istaymizmi yoki yo‘q? Albatta, yo‘q”, - deya javob berdi Rossiya rahbari jurnalistlardan birining tegishli savoliga.
"Aynan shuning uchun biz muzokaralar jarayoni to‘g‘risidagi takliflarimizni ilgari surdik, buning natijasi barcha , jumladan, mamlakatimiz teng xavfsizlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘lishi shart. Afsuski, Moskva o‘z takliflariga batafsil javobni olmadi”, - dedi Putin.
Rossiya yetakchisi Moskva g‘arblik hamkorlar bilan xavfsizlik kafolatilari masalalari bo‘yicha diplomatik yo‘l bilan kelishib olish niyatida ekanini qo‘shimcha qildi.
So‘nggi oylarda Rossiya va G‘arb munosabatlari yanada taranglashdi. Vashington va Brussel Moskvani Ukrainaga “hujum qilishga” tayyorgarlik ko‘rishda ayblamoqda va buning ortidan Sharqiy Yevropada qo‘shinlari sonini ko‘paytirmoqda.
Rossiya unga qo‘yilayotgan uydirma ayblovlarni rad etmoqda va Kiyev Minsk kelishuvlariga rioya qilmayotganini eslatmoqda: Ukraina hukumati Donbassdagi chegara hududi bo‘ylab armiyasi shaxsiy tarkibining yarmini to‘pladi va ko‘ngillilarni taqiqlangan qurol bilan otmoqda.
Kreml va Rossiya TIV “tajovuz haqidagi” axborot hujumining maqsadi Rossiya chegaralari yaqinida chet el qo‘shinlari sonini oshirish ekanini bir necha marta takrorlagan. AQSh va NATO Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlab, uni harbiy harakatlarga undamoqda va bu o‘z navbatida vaziyat keskinlashishining asosiy sababi.
O‘tgan yil oxirida Moskva Brussel va Vashingtonga xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalarini topshirdi. Asosiy talablardan biri NATOning sharqqa siljimasligi bo‘lgan. Rossiya TIV xabariga ko‘ra, G‘arb o‘zining yozma javobida aynan shu talabni e’tiborsiz qoldirgan.