Bu qiziq

Har kuni bodring iste’mol qilinsa, organizmda nimalar ro‘y beradi

Qish faslidan so‘ng organizm turli vitaminlarga ehtiyoj sezadi. Bodring antioksidant xususiyatga ega bo‘lib, erta bahorda ushbu sabzavotni iste’mol qilish salomatlik uchun foydali bo‘ladi.
Sputnik
Kunlar isishidan tashqari, ko‘pchilik insonlarda bahor faslida lohaslik va diqqatni jamlay olmaslik kabi hislar paydo bo‘ladi. Bunday holatlarga sovuq havo, quyosh quvvatining yetishmasligi sabab bo‘lishi mumkin.
Oddiy bodring sabzavoti organizm talab qiladigan vitaminlar ehtiyojini to‘ldirishi mumkin. Nutritsiolog Irina Kononenkoning ta’kidlashicha, ushbu sabzavotda antioksidant faollik bo‘lib, organizmni tozalash xususiyatiga ega.
Shuningdek, bodring tana suvsizlanishiga qarshi yaxshi vosita. Organizmda suv yetishmasligi insonlarda turli kasalliklarga moyillikni keltirib chiqaradi.
Bodring tayanch harakat apparati uchun ham zarur sabzavot. Chunki yashil sabzavotlarda suyaklar salomatligi uchun zarur bo‘lgan kalsiy mavjud. Magniy esa butun immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi.
Bundan tashqari bodring tarkibida S vitamini ko‘p bo‘lib, organizmda yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi.
Ayollar uchun ham bodring foydali sabzavot. Uni muntazam iste’mol qilish teri holatini yaxshilashga yordam beradi. Shuning uchun kosmetologlar teri namligi uchun har kuni bodring suvida yuzni yuvishni maslahat beradi. Buning uchun to‘g‘ralgan bodringni toza suvga solib muzlatkichda saqlash lozim.

Mavzuga oid:

Sut ichganda organizmda nimalar sodir bo‘ladi?
Oshqovoq ayollar va erkaklarga nimasi bilan foydali
Qanday biologik faol qo‘shimchalar miya uchun zararli