Davlatning bir so‘miga xiyonat qilganim yo‘q - Ortiqxo‘jayev

Ortiqxo‘jayev Toshkent shahrida so‘nggi 3,5 yil davomida homiylar tomonidan amalga oshirilgan xayriya ishlari haqida hikoya qilib berdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 fev – Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 3,5 yil hokimlik qilgan davrida davlatning bir so‘miga xiyonat qilmaganini xabar qildi.
"Men 3,5 yil ishlagan bo‘lsam davlatga bir so‘m ham xiyonat qilganim yo‘q. Yonimdan qo‘shgan bo‘lsam borki lekin olganim yo‘q", - dedi Ortiqxo‘jayev.
- Bilasizlar men oltin katta kompaniya rahbari bo‘lganman, siyosatchi bo‘lmaganman. <...> Hozir Men oldin ishlagan kompaniya Akfa, Artel ko‘p narsadan voz kechayapti. Faqat ishlab chiqarishni saqlab qoladi qolgan bizneslarni sotayapti. Bu yil ham Ekobozorni sotdi. Uning yarmini qarzlariga to‘ladi qolgan yarmini davlatga o‘tkazib berdi.
Akfa medlayn degan kompaniya ham o‘tgan yili 75ta yuragi porok bo‘lgan bolani operatsiya qilgan bo‘lsa bu yil 200ta qilib beradi. Aytmoqchi emasdim yana aytdim.
Akfa va Artel kompaniyalar ham bu yil ham 80 milliard hayriya qilishini bildirgan. Bu pullar chorrahalarga, mahallarlar ichini asfalt qilishga ishlatiladi.

Men shahar hokimi bo‘lishdan oldin 35 ta moshinam bor edi. Men moshinani juda yaxshi ko‘raman. Hozir 6 ta qolgan. Yaqinda yana 1 ta mashinani auksionga qo‘yaman va yuragi porok bo‘lgan bolalarga sarflaymiz.

Meni aybim – qilgan ishlarimni aytmaganim. Aytib turish kerak ekan. Sergelida uyi yo‘q odamlarga, podvallarda, podyezdlarda yashab yurganlarga 400ta kvartira sovg‘a qilganmiz. Aytganim yo‘q edi. Bugun afsuslanayapman, - dedi Ortiqxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir necha kunda Toshkentda Kosmonavtlar xiyobonida hamda Navoiy shoh ko‘chasida o‘tkazilayotgan rekonstruksiya ishlari yuzasidan bir necha mahalliy nashrlarda shahar hokimligining faolyati tanqid qilingan edi. Xususan, Kosmonavtlar xiyobonida ruxsatnoma olmasdan ishlar boshlangani va Navoiy ko‘chasida piyodalar xavfsizligiga yetarlicha e’tibor berilmagani tufayli.