Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Igor Konashenkovning ma’lum qilishicha, Rossiya qo‘shinlarining bir qismi Belorussiya bilan " Ittifoqchilar qat’iyati-2022" qo‘shma mashg‘ulotlaridan so‘ng doimiy joylashuv joylariga qaytmoqda.
"Janubiy va G‘arbiy harbiy okrug bo‘linmalari o‘z vazifalarini bajarib, temir yo‘l va avtomobil transportiga yuklashni boshladilar va bugundan boshlab ular o‘z harbiy garnizonlariga o‘tishni boshlaydilar. Alohida bo‘linmalar harbiy kolonnalar tarkibida marsh yurishini amalga oshiradi", - deyilgan xabarda.
Kuni kecha prezident Vladimir Putin tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va mudofaa vaziri Sershey Shoygu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ular Rossiya va Belarusning harbiy manevrlarini, shuningdek, xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralarning borishini muhokama qildilar.
Bugun Rossiya mudofaa vazirligi temir yo‘l platformalariga texnikaning bir qismini yuklash tasvirlangan videolarni namoyish etdi. Videoda tanklar, piyoda askarlarning jangovar mashinalari va o‘ziyurar artilleriya moslamalari, shuningdek modernizatsiya qilingan T-72B3 kolonnasi harakati aks etgan.
Bo‘linmalarning bir qismi Belarus hududida qolmoqda: bu Sharqiy harbiy okrugi va Havo-desant kuchlari qo‘shinlari.
10 fevralda Rossiya-Belarus manevralari boshlandi. Ittifoq davlatining qo‘shinlarini sinovdan o‘tkazishning ikkinchi bosqichini amalga oshirish, mashqlar 20-fevralgacha davom etadi. Maqsad - tashqi tajovuz va terroristik hujumlarni qaytarish mashqlarini bajarish.