TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Toshkentda yangi multibrendli avtomobil kompleksi va minilgan avto onlayn-marketpleysi tashkil etiladi. Bunga “UzAuto Motors” va “Allur Group” AJ (Qozog‘iston) kelishib oldi.
Hamkorlik shartnomasi Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smailovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida imzolangan.
Ko‘p tarmoqli sotuv kompleksi avtomobillarni sotish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ilg‘or jihozlarga ega zamonaviy markaz bo‘ladi. Marketpleys mijozlarga Trade-indasturi bo‘yicha xizmatlari hamda turli brendlarning minilgan avtomobil modellarini sotib olish imkonini beradi.
“UzAuto” qozog‘istonlik hamkorlar bilan qiymati 650 million dollardan ortiq shartnoma imzolagan. Kompaniya Qozog‘istonda avtomobillar, avtobuslar va qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish kabi bir qator yirik loyihalarni amalga oshirganini eslatgan.
Marketpleys
Bu tovar va xizmatlarni internet orqali olish yoki sotishga mo‘ljallangan savdo maydonchasi