Pekin Olimpiadasida qisqa dasturdan keyin rossiyalik figurali uchuvchi Kamila Valiyeva peshqadamlik qilmoqda.
Kamila o‘z chiqishi uchun 82,16 ball oldi. Rossiyalik Anna Sherbakova (80,20) ikkinchi, yaponiyalik Kaori Sakamoto (79,84) uchinchi o‘rinni egalladi.
To‘rtinchi o‘rinda yana bir rossiyalik sportchi Aleksandra Trusova (74,60).
Sportchilar 17-fevral kuni keyingi bosqich dasturini taqdim etishadi.