Eski “prava”ni qachon yangisiga almashtirish kerak

Eski haydovchilik guvohnomalari qachon yangisiga majburiy almashtiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Aziz Murodov ma’lum qilishicha, eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:
2010 yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;
2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;
2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-sentabrgacha;
2015 yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.
Adliya vazirligi eslatmasiga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerak emas.
Aholiga qulay bo‘lishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2022-yil 31-dekabrga qadar davom etadi.
Qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Shavkat Mirziyoyev yo‘llarda inson xavfsizligini kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.
Haydovchilikka o‘qitish va guvohnoma berish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi. Bunda:
- Ichki ishlar vazirligi avtomaktablar va imtihon markazlariga talablarni qayta ko‘rib chiqadi, ularga litsenziyalarni o‘zi beradi;
- Ichki ishlar akademiyasi avtomaktablarning metodologiyasi, o‘quv dasturi, o‘qituvchilarning malakasi va o‘qitish sifatini oshirishga javob beradi;
- Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi haydovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi va ularning reytingini yuritadi.
Bundan buyon haydovchining intizomiga qarab, uni o‘qitgan avtomaktab faoliyatiga ham baho beriladi.
Viloyat hokimlari va ichki ishlar boshliqlariga uch oy muddatda hududlarida zamonaviy avtomaktab va imtihon markazlarini tashkil etish topshirildi.
Mavzuga doir yangi materiallar:
Yo‘l harakati xavfsizligi: Mirziyoyev qanday topshiriqlar berdi>>
Prezident “prava”ni o‘qitmasdan berganlik uchun jazoni kuchaytirishni topshirdi>>
Rossiyada o‘zbekistonliklarning eski “prava”larini yangisiga almashtirib berish boshlandi>>