TOShKENT, 15 fev — Sputnik. YeOII davlat rahbarlari kengashi may oyida, ehtimol Issiqko‘lda bo‘lib o‘tadi, dedi seshanba kuni Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov. RIA Novosti.
“May oyida davlat rahbarlari kengashi bo‘ladi, biz uni Qirg‘izistonda, ehtimol Issiqko‘lda o‘tkazishni rejalashtirganmiz”, - dedi bosh vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, sammit doirasida “katta iqtisodiy forum” o‘tkaziladi, unda Qirg‘izistonning YeOII bo‘yicha dekabr oyida prezident Sadir Japarov tomonidan e’lon qilingan barcha tashabbuslari ko‘rib chiqiladi. Ular orasida Yevroosiyo taraqqiyot banki tomonidan ittifoqqa a’zo bo‘lgan iqtisodiyoti kam quvvatli mamlakatlarga mablag‘larni ajratishni ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.
Bosh vazir, shuningdek, hukumat rahbarlarining 24-fevral kuni Nur-Sultonda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida ittifoq ichidagi to‘siqlarni bartaraf etish masalasini ko‘tarishni rejalashtirayotganini ham ta’kidladi.
Ayni vaqtda YeOII a’zolari - Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Armaniston. Kuzatuvchi-davlatlar – O‘zbekiston, Moldova, Kuba.
YeOII va O‘zbekiston hamkorligi: eng so‘nggi materiallar: