TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasida veloyo‘lak tashkil etish ishlari boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’mirlash ishlari jarayonida qatnov qismining bitta yo‘lagi qisman yopilishi mumkin.
Na ulitse Babura nachato stroitelstvo velodorojki
© Foto: Press-slujba xokimiyata Tashkenta
Rejaga muvofiq, Islom Karimov va Bobur ko‘chasi kesishmasidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan oraliqda veloyo‘lak barpo etiladi.
Shuningdek, avtomobillar qatnov qismining o‘rtasida bordurlar bilan mustahkamlangan yashil maydonlar tashkil qilinadi.