24 yoshli qirg‘izistonlik MMA jangchisi Marsel Nurlanbek o‘g‘li Hardcore Fighting Championship MMA promoushen jangida ishtirok etdi.
U rossiyalik raqibi 21 yoshli Grigoriy Belyayevni mag‘lub etdi.
Belyayev boks, pankration va jangovar sambo bo‘yicha sport ustaligiga nomzod, greppling bo‘yicha Moskva chempioni.
Nurlanbek o‘g‘li jangovar sambo bo‘yicha sport ustasi.
Butun jang davomida rossiyalik unga bosim o‘tkazdi, ammo ikkinchi raundning ikkinchi daqiqasida mahalliy sportchi og‘riqli ushlab turish orqali raqibni taslim bo‘lishga majbur qildi.
Jangdan so‘ng u mukofot pulining yarmini tojikistonlik sportchi Komil Xasanovga hayriya qildi. Uning onasi shoshilinch operatsiyaga muhtoj.