Qibrayliklar vaqtincha gazsiz qolishadi

"Alisherobod" MFY, Bog‘ishamol ko‘chasidagi yerusti o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangan
Sputnik
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Toshkent viloyatining Qibray tumanida ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududgaz Toshkent" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
2022 yil 14-fevral soat 09:00 dan 17:00 gacha "Alisherobod" MFY, Bog‘ishamol ko‘chasidagi 320 ta aholi xonadoni va 7 ta ulgurji iste’molchida gaz bo‘lmaydi.
Gaz bu yerda tortilgan yerusti o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangani sababli to‘xtatiladi.
Xabarda ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng gaz ta’minoti qayta tiklanishi qo‘shimcha qilingan.