Kamila Valiyeva medal qo‘lga kiritsa, taqdirlash marosimi o‘tkazilmaydi - XOQ

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi agar Kamila Valiyeva medalni qo‘lga kiritsa, taqdirlash marosimi bekor qilinishini ma’lum qildi
Sputnik
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi agar Kamila Valiyeva medalni qo‘lga kiritsa, taqdirlash marosimi bekor qilinishini ma’lum qildi: Valiyeva eng kuchli uchlikka kirsa, Pekin Olimpiadasining yakkalik bahslarida taqdirlash marosimi o‘tkazilmaydi.
Shuningdek, XOQ Ijroiya qo‘mitasi Olimpiadada figurali uchish bo‘yicha jamoaviy turnir g‘oliblarini taqdirlash marosimini o‘tkazmaslikka qaror qildi. Unda Rossiya terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
XOQ Valiyeva ishi nihoyasiga yetgach “munosib taqdirlash marosimi” o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Pekin Olimpiadasida ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida qisqa dasturi 15-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Valiyeva bilan bog‘liq vaziyat haqida: biz u musobaqada ishtirok etishni davom ettira olishidan xursandmiz, butun mamlakat nomidan unga g‘alaba tilaymiz.
Xalqaro doping-test agentligi (ITA) avvalroq Pekin Olimpiadasining jamoaviy bahslarida chempion bo‘lgan Valiyevada 2021-yil 25-dekabr kuniolingan doping-testi ijobiy chiqqani, unda trimetazidin moddasi aniqlangani haqida xabar bergandi. Test natijasini 8-fevral kuni Stokgolmdagi antidoping laboratoriyasi e’lon qildi. Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) Valiyevaga vaqtinchalik musobaqadan chetlatdi, 9-fevral kuni apellyatsiyasidan so‘ng nisbatan vaqtinchalik chetlashtirish bekor qilindi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ), Butunjahon antidoping agentligi (WADA) va Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) Sport arbitraj sudiga protest bildirishdi, ish yakshanba kuni kechqurun ko‘rib chiqildi.
Dushanba kuni CAS XOQ, ISU va WADA apellyatsiyalari rad etilganini e’lon qildi va Valiyevaga Olimpiadada qatnashishiga ruxsat berishga qaror qildi. CAS o‘z qarorini qabul qilishda sportchining ijobiy doping testi to‘g‘risida kech xabar bergani, Valiyevaning 16 yoshga to‘lmagani uchun "himoyadagi shaxs" maqomini hisobga olganini ma’lum qildi.
CAS qarorida ta’kidlanishicha, Valiyevaga doping-test ijobiy chiqqani uchun intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi, ammo bu holatda konkida uchuvchini O‘yinlarning yakkalik bahslarga qo‘ymaslik unga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, CAS komissiya rossiyalik ayol ishi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida jamoaviy turnir bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqmaganini bildirdi.