Sport arbitraj sudi sportchiga musobaqada qatnashishga ruxsat berdi.
Kamila Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi. Sport arbitraj sudi unga Pekin Olimpiadasining yakka tartibdagi bellashuvda ishtirok etishga ruxsat berdi.
CAS Valiyevaga Pekin Olimpiadasida individual turnirda ishtirok etishga ruxsat berdi
Rossiyalik Kamila Valiyeva Pekin Olimpiadasining yakka tartibdagi bahslarida qatnasha oladi, deb xabar berdi Sport arbitraj sudi (SAS).
“XOQ, WADA va ISU tomonidan taqdim etilgan arizalar rad etildi”, — deyilgan hujjatda.
Shu bilan birga, SAS hozircha jamoaviy turnir bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqmadi, ular alohida ish yurituvga ajratilgan.
SAS qaroridan so‘ng Valiyeva bugun mashg‘ulotlarga chiqdi.