TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekiston IIV ma’muriy jarimalarni tekshirish va to‘lashga mo‘ljallangan “Mening jarimalarim” mobil ilovasini ishga tushirdi. Uni Google Playʼda yuklab olish mumkin.
Ilovada ma’muriy huquqbuzarliklaringizni quyidagicha izlash mavjud:
bayonnoma raqami bo‘yicha izlash;
buyurtma raqami bo‘yicha izlash;
kvitansiya raqami bo‘yicha izlash.
Shuningdek, qoidabuzarliklar uchun to‘lovni amalga oshirishda 30 foiz chegirma beriladi. Dastlabki 15 kun ichida, deyarli barcha jarimalar 30 foiz arzonroq to‘lanishi mumkin (qaror chiqarilgandan keyin dastlabki 15 kun davomida amal qiladi).
OneID (Yagona identifikatsiya tizimi) orqali ro‘yxatdan o‘tishda ma’muriy huquqbuzarliklar haqida quyidagi ma’lumotlarni olish mumkin:
ma’muriy ishning hozirgi holati;
ma’muriy bayonnomani yuklab olish imkoniyati;
jarima to‘lovlari tarixi;
qaror holatini bilish;
jarima to‘langani to‘g‘risidagi kvitansiyani tekshirish;
sud majlisining sanasini aniqlash;
organ yoki sud qarorlarini PDF formatida yuklab olish;
yo‘l harakati jarimasini to‘lash;
ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarima to‘lash.
“Mening jarimalarim" ilovasi orqali jarimalarni Uzcard va Humo bank kartalari yordamida to‘lash mumkin. Bunda rasmiy kvitansiya beriladi.