TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan yagona sportchi Komiljon To‘xtayev musobaqalarda o‘z ishtirokini boshladi.
Gigant slalom bo‘yicha bellashuvlardagi birinchi mashqdan keyin 60 bo‘lib startga chiqqan tog‘ chang‘ichi To‘xtayev yetakchiga 9.84 soniya imkoniyatni boy bermoqda. Hozircha ushbu ko‘rsatkich bilan u 89 nafar sportchi orasida 35 natijani ko‘rsatib turibdi.
Ikkinchi chiqish Toshkent vaqti bilan soat 12:00 larda boshlanadi. U soat 10:45 da boshlanishi kerak edi, biroq noqulay ob-havo sabab ortga surilgan.