TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Komiljon To‘xtayev gigant slalom bo‘yicha ikkinchi urinishni yakunladi.
O‘zbekistonlik sportchi sovrinli o‘rinni egallamagan bo‘lsada, har ikki dasturda marraga yetib kelishni uddasidan chiqdi. Hozir To‘xtayev 29-pog‘onadan o‘rin olib turibdi.
Musobaqada shveysariyalik chang‘ichi Marko Odermatt yetakchilik qilmoqda.
Komiljon To‘xtayev endi 16-fevral kuni slalom yo‘nalishida o‘z omadini sinab ko‘radi.