COVID-19dan so‘ng boshqa jiddiy kasalliklar paydo bo‘lishi va rivojlanishi mumkin
COVID-19 yana qanday kasalliklarga “yo‘l ochishi” mumkin? Bu haqida Rossiyada xizmat ko‘rsatgan shifokor, terapevt Yuriy Serebranskiy Sputnik radiosida so‘zlab berdi.
Koronavirus sababli immun tizimining buzilishi, bemorning nimjonligi boshqa jiddiy kasalliklarni ham paydo qilish ehtimoli bor.
“Koronavirus bilan og‘rigan insonlarda baland harorat tufayli teri namligi darajasi ko‘tariladi. Bunday holat gripp, paragripp, pnevmoniya va adenovirus kabi oddiy respitator kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Odatdagidek, bir kasallik o‘tib ketgandan so‘ng boshqasiga yo‘l ochib beradi”, deydi shifokor.
Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus nafaqat virusli, balki surunkali kasalliklarni keltirib chiqarishi ham ehtimoldan holi emas.
“Koronavirus nerv tizimi va immunitetni kuchsizlantiradi. Buning oqibatida odamda oldin bo‘lgan antiimmun kasalliklar rivojlanib ketishi mumkin. Hamda oldindan revmatologik va nafas yo‘llari apparatlari kasalliklari bo‘lsa, COVID-19 bilan og‘rigan paytda surunkali shaklga o‘tishi mumkin. Shuningdek, yurak-qon-tomir kasalliklari ham bundan mustasno emas”, deydi shifokor Serebranskiy.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, vaksina COVID-19 o‘tkir shaklini o‘tkazib yubormaslikning yagona yo‘li bo‘lib qolmoqda.