TOShKENT, 12 fev - Sputnik. Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi, deb xabar qilmoqda O‘zA.
Ushbu lavozimga shu kunga qadar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Rahmat Mamatov tayinlandi, - deyilgan xabarda.
Rahmat Mamatov 1967-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyati davomida ichki ishlar idoralarida mas’ul vazifalarda ishlagan. Xorazm, Farg‘ona viloyatlari ichki ishlar boshqarmalariga rahbarlik qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi mudiri bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurib u yerad ayrim sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarni keskin tanqid qilgan, va 10dan ortiq tuman va boshqarma rahbarlarini lavozimidan bo‘shatgan edi.