Moskvada O‘zbekiston elchixonasiga "bomba qo‘yilgani" haqida xabar qilishdi

Moskva politsiyasi O‘zbekiston, Tojikiston va AQSh elchixonalariga “bomba” qo‘yilgani haqidagi xabarlarni tekshirdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 fev - Sputnik. Rossiya Federal Xavfsizlik xizmatining elektron pochtasiga 11-fevral kuni ikki nafar fuqaro tomonidan Moskvadagi uchta elchixonaga bomba qo‘yilgani haqidagi xabar kelib tushgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Juma kuni Rossiya FXX elektron pochtasiga bir erkak va uning 44 yoshli sherigi tomonidan Tojikiston bosh konsulxonasi, O‘zbekiston elchixonasi va konsulxonasi hamda AQSh elchixonalariga bomba qo‘yilgani haqida xabar kelib tushgan”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek Rossiya Markaziy Banki va Qizil maydon ham “minalashtirilgan”. Ushbu xabardan so‘ng barcha ko‘rstilgan binolar kinologlar tomonidan tekshirib chiqilgan va portlovchi moddalar aniqlanmagan.
Ayni damda politsiya ushbu xabarlar yuzasida tekshiruv o‘tkazmoqda.