Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining xabariga ko‘ra, Madina shahridagi "PullMan Zam Zam" mehmonxonasida ziyoratchilar karantin talablariga muvofiq har bir xonaga 2 kishidan qilib joylashtirilib, tibbiy niqobda yurishlari ta’minlanmoqda.
Ayni paytda Makkai mukarramada Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Xorazm, Andijon viloyati va Toshkent shahridan tashrif buyurgan ziyoratchilar 5 vaqt namozlarini Harami sharifda ado etish baxtiga muyassar bo‘lmoqdalar.
Ziyoratchilar Savr va Nur tog‘lari, Arafot maydoni, Mino, Muzdalifa vodiylari kabi mo‘’tabar qadamjolarga tashrif buyurmoqdalar.
Mavzuga doir so‘nggi materiallar: