Tojik-qirg‘iz chegarasida kelishmovchilik yuz berdi - video

Tojik-qirg‘iz chegarasida kelishmovchilik yuz berdi.
Sputnik
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati axborotiga ko‘ra, Qirg‘iziston tomoni Maqsat qishlog‘ida (Leylek tumani) xo‘jalik ishlari olib borayotgan edi. Shu vaqtda Tojikistonning 15-20 nafar fuqarosi yig‘ilib, bu ishlarni to‘xtatishni talab qildi. Shuningdek, ular chegaraning belgilanmagan qismiga beton quyishga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi.
Mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlatlar chegara vakillari chegaraning ushbu qismida barcha ishlarni to‘xtatishga kelishib oldilar.
Odamlar tarqab ketishdi. Hozir hududda vaziyat barqaror.
Tojikiston tomon voqea yuzasidan hozircha izoh bermadi.