Tergov qo‘mitasi rahbari migrantlar bo‘yicha maxsus komissiyasiga kiritildi

Aleksandr Bastrikin Xavfsizlik Kengashining migratsiya bo‘yicha komissiyasiga kiritildi.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Xavfsizlik kengashining migratsiya siyosati bo‘yicha idoralararo komissiyasi tarkibiga kiritildi, deb xabar qildi Rossiya Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati. RIA Novosti.
U migrantlar orasida jinoyatchilik muammosini hal qilish, ekstremizmga qarshi kurash uchun migratsiya sohasidagi qonunlarni tizimlashtirish bo‘yicha takliflarni taqdim etgandi.
“Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning qaroriga ko‘ra, Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashining davlat migratsiya siyosatini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiyasi tarkibiga kiritildi”, — deyilgan xabarda.
Komissiyaning vazifasi - migratsiya sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlash va migratsiya jarayonlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlaridan kelib chiqib tartibga solish.