Sud Istra shahridagi do‘konga hujum qilgan migrantlarni hibsga oldi - video

Moskva viloyati sudi Istra shahridagi do‘konga hujum qilgan ikki nafar kishini hibsga oldi.
Sputnik
Sud oziq-ovqat do‘koniga bosqinchilik sodir etib, sotuvchi-kassachi ayolga o‘limga olib kelgan tan jarohatlarini yetkazgan 19 yoshli yigitga nisbatan 2022-yil 9-aprelga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘lladi.
Birozdan keyin sud ikkinchi 24 yoshli ayblanuvchini hibsga oldi.
Moskva viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, barcha qo‘lga olingan 4 nafar tojikistonlik hibsga olindi.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni kechasi Moskva viloyatidagi Istra shahridagi Novopetrovskoe qishlog‘idagi “Patorochka” supermarketiga chet el fuqarolari beysbol bitalar bilan bostirib kirib, xodimlarga hujum qilishdi.
Sotuvchi ayol olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etdi, do‘kon direktori va uning turmush o‘rtog‘i shifoxonaga yotqizildi.
Gumonlanuvchilar - 4 nafar Tojikiston fuqarosi Chesnokovo qishlog‘ida qo‘lga olindi.
Moskva viloyati tergovchilari ma’lum qilishicha, Istra shahrida “Patorochka” kassirchi ayolni urib o‘ldirgan migrantlar yana 2ta bosqinchilik sodir etganligiga iqror bo‘lishdi. Hujum qilganlardan biri oziq-ovqat do‘konida ishlagan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bo‘yicha jinoyat ishi (talonchilik va o‘limga olib kelgan badanga og‘ir shikast yetkazish) qo‘zg‘atildi. Qonunchilikka ko‘ra, birinchi modda bo‘yicha maksimal jazo - 10-yil, ikkinchisi - 12-yil ozodlikdan mahrum etish ko‘zda tutilgan.