Putin migratsiya masalalari bo‘yicha yangi komissiyani tuzdi

Vladimir Putin Xavfsizlik kengashining migratsiya siyosati bo‘yicha idoralararo komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Xavfsizlik kengashining davlat migratsiya siyosatini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
“Xavfsizlik kengashining davlat migratsiya siyosatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha idoralararo komissiyasi tuzilsin”, — deyilgan hujjatda.
Uning vazifasi - migratsiya sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlash va migratsiya jarayonlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlaridan kelib chiqib tartibga solish.
Hujjat bilan komissiyaning nizomi va tarkibi tasdiqlandi.
Komissiya tarkibiga 29 vazirlik va idora rahbarlari kiritilgan: ulardan Hukumat raisi o‘rinbosari, prezident yordamchisi, bosh prokuror, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, tashqi ishlar, oliy ta’lim, adliya, moliya, tergov qo‘mitasi, FXX rahbarlari.
Komissiya raisi – Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.