Kamila Valiyevaning doping-testi ijobiy natija ko‘rsatdi, u musobaqadan chetlashtiriladimi?

Rossiyalik figurali uchuvchi Kamila Valiyeva 25-dekabr kuni topshirgan doping-testi ijobiy natija ko‘rsatdi.
Sputnik
Rossiyalik figurali uchuvchi Kamila Valiyeva 25-dekabr kuni topshirgan doping-testi ijobiy natija ko‘rsatdi, unda trimetazidin moddasi aniqlandi, deb xabar berdi Xalqaro test agentligi (ITA). RIA Novosti Sport.
Valiyeva Pekin Olimpiadada oltin medallarni qo‘lga kiritgan Rossiya terma jamoasi tarkibida jamoaviy turnirida ishtirok etdi. Taqdirlash marosimi avval dushanbadan seshanbaga, keyin esa noma’lum muddatga ko‘chirildi.
XOQ matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) bilan huquqiy maslahatlashuvlarni talab qiladigan vaziyat yuzaga kelgan. Keyinroq Insidethegames nashri taqdirlash marosimining kechikishiga rossiyalik figurali uchuvchi Kamila Valiyevaning doping-testi sabab bo‘lgani haqida xabar qildi.
“Jahon aksildoping kodeksiga ko‘ra, 15 yoshli Valiyeva “himoyadagi shaxs” maqomida bo‘lib, bu maqom 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Sportchiga nisbatan ish ochilgani haqidagi ma’lumot bu maqom sababli majburiy ommaga oshkor etilmaydi. Biroq, bir qator OAVlari sportchining ushbu maqomiga hurmat ko‘rsatmagani va norasmiy ma’lumotlarga asoslangan xabarlar tarqatgani sababli, ITA jamoatchilik qiziqishi ortib borayotganligi sababli ma’lumotlarni rasman e’lon qilindi", deyilgan xabarda.
XOQ Valiyevaning musobaqalardan chetlashtirilishini bekor qilish ustidan shikoyat qiladi, unga Olimpiadada ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat beriladi, ishni Sport arbitraj sudi ko‘rib chiqadi.
Pekin Olimpiadasida figurali uchish bo‘yicha jamoaviy turnirning yakuniy natijalari to‘g‘risidagi qaror Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tomonidan Valiyevaning ishi to‘liq ko‘rib chiqilgandan so‘ng qabul qilinadi.
Qayd etilishicha, Valiyevaning vaqtincha diskvalifikatsiyasi 9-fevral kuni bekor qilingan, unga Olimpiadadagi ishtirokini davom ettirishga ruxsat berilgan.
Rossiya olimpiya qo‘mitasi figurali uchish bo‘yicha jamoaviy musobaqada qo‘lga kiritilgan oltin medallarni saqlab qolish uchun barcha choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.