Kaluga viloyatida migrantlarga ayrim sohalarda ishlash taqiqlanadi

Kaluga viloyatida migrantlarga iqtisodiyotning ayrim yo‘nalishlarda ishlash taqiqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Kaluga viloyatida xorijliklarga patent bilan savdo, yo‘lovchi tashish, ishga qabul qilish agentliklari va umumiy ovqatlanish tarmoqlarida ishlash taqiqlanadi, dedi gubernator Vladislav Shapsha.
PMEF-2021. Rabota stenda MIA "Rossiya segodnya"
"Iqtisodiyotning quyidagi yo‘nalishlari: savdo, yo‘lovchi tashish, ishga qabul qilish agentliklari va umumiy ovqatlanish tarmoqlarida xorijliklarni patent asosida jalb qilishni taqiqlash cheklovini joriy etishga qaror qilindi. Ish beruvchilar bu masalani xodimlar bilan hal qilishlari uchun 3 oy vaqt beriladi", - deb yozilgan viloyat rahbari Telegram-kanalda.
Shuningdek, Kaluga viloyati chet eldagi vatandoshlarni Rossiyaga ko‘chirish bo‘yicha davlat dasturidan chiqishi ma’lum qilindi.
Juma kuni ertalab gubernator Borovskiy tumanidagi migratsiya markaziga rejadan tashqari tashrif buyurib, rus tilini bilmaydigan, ammo tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikatiga ega bo‘lgan migrant bilan suhbatlashdi.
Shapshaning so‘zlariga ko‘ra, bugundan boshlab, “soxta” sertifikat taqdim etayotgan migrantlarning barcha hujjatlari migratsiya markazi tomonidan tekshirish uchun ichki ishlar organlariga yuboriladi.