TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Innovatsiyalar har bir hududning o‘ziga xos va mos bo‘lishi kerak, dedi AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abduraxmonov.
Ma’lumki har bir hududning tuprog‘i ham, iqlim sharoitlari ham sanoat rivojlanishi ham o‘ziga xosdir. Shu sababli yaratilayotgan innovatsiyalar ham hudud ehtiyoji va sharoitlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak.
Birdaniga hamma tumanlarni rivojlantirishning imkoni bo‘lmasligi mumkin, lekin alohida tanlab olingan hududda tajriba yoki namuna sifatida rivojlantirish mumkin.
Ana shu maqsadda Namanganda - Chust, Toshkentda – Ohangarn, Farg‘onada - Oltiariq, Andijonda - Marxamat, Sirdaryo viloyatida – Sirdaryo tumani, Jizzaxda - Dustlik, Samarqandda - Urgut, Buxoroda - Romtan, Qashqadaryoda - Nishon, Surxondaryoda - Oltinsoy, Qoraqalpog‘istonda - Nukus, Navoiy viloyatida – Karmana tumanlari tanlab olindi.
Ushbu tumanlar viloyatdagi ilmiy salohiyatni jalb qilgan, ratsionalizatorlik g‘oyalarini bir joyga to‘plagan holda va tadbirkorlar va boshqa iqtidorlari takliflaridan kelib chiqaan holda innovatsion rivojlantiriladi.
Rivojlantirish mexanizmi quyidagicha bo‘ladi: universtetlarga hudud muammolaridan kelib chiqqan holda ilmiy ishlanmalar beriladi, buning doirasida ishlab chiqilgan loyihalar – tijoratlashtirishgacha olib boriladi. Start aplar tashkil qilinadi. Tadbirkorlar takliflarini o‘rganib, kerak bo‘lganda mablag‘ ajratiladi.
Ana shunday maqsadlar uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 125 mlrd sum mablag‘ ajratilgan. Buning evaziga innovatsion rivojlanish uchun tanlab olingan har bir tumanda 10-15 ta loyiha, kichik korxonalar yaratiladi. U yerda aholi ish bilan ta’minlanadi, yoshlar ishga jalb qilinadi.
Innovatsion korxonalar misoli sifatida qo‘yidagilarni keltirish mumkin.
Masalan, Qashqadaryodagi Nishon tumani chorvachilikka ixtisoslashgan. Lekin so‘nggi yillarda qo‘rg‘oqchilik tufayli u yerda yerlar sho‘rlagan, aholiga yem kerak. Cho‘lda yantoq ko‘p, lekin chorva faqat uning uchini yeydi qolgan qismi achchiqroq bo‘lgani tufayli uni yemaydi.
"Biz uni uni yig‘ib maydalab turli qo‘shimchalar bilan yaralashtirib yem tayyorlashni yo‘lga qo‘ydik. Uni dobavkalar yordamida baliqchilikka quyonchilikka yoki qo‘y echkilarga ham moslashtirish mumkin. Hozir kilosi 200 ming so‘mdan sotuvga chiqariligan. 15-35ta ishchi o‘rinlari yaratildi, - deydi vazir. - Bu loyiha o‘zinin yaxshi ko‘rsatganidan so‘ng Karmanada ikkinchisini ishga tushirdik, Nukusda uchinchisi ishga tushirilmoqda. U yerda qamish bilan aralashtirilgan".
"Yoki Oltinsoydagi misol. U yerda broyler tovuqlar boqilar edi. Lekin ular aholi orasida uncha ommaviy emas, chunki yo go‘shtga yo tuxumga ixtisoslashgan bo‘ladi. Biz vaziyatni o‘rganib u yerda hind yugurdak o‘rdagi yetishtirishni yo‘lga qo‘ydik. Unga suv havzasi kerak emas, joy bo‘lsa bo‘ldi yugurib yuraveradi. Ham go‘sht ham tuxum beradi", - deydi Abduraxmonov.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublikaning barcha viloyatlarida innvatsion rivojlanish vazirligining boshlqarmalari tashkil etildi. Uchta hudud innovatsion rivojlanish hududi deb tanlab olindi.