Shahrixon tumanidagi xususiy diagnostika va davolash maskanida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Hodisa oqibatida 1 kishi vafot etdi, 11 kishi jarohatlandi.
Andijon viloyati Shahrixon tumani, Qoraqo‘rpa mahallasida joylashgan 3 qavatli “Ziteriya” MChJ Diagnostika va davolash maskanining 1-qavatida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi.
Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino devorlariga shikast yetdi.