Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev. Arxiv surat
Tashrif davomida prezident islohotlar natijasi, yangi inshootlar qurilishi bilan tanishadi.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatida bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Samarqandda ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Mahallabay tarzda aholi farovonligini oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Tashrif davomida shunday islohotlar natijasi, yangi inshootlar qurilishi bilan tanishish rejalashtirilgan.