Qator viloyatlarda 11-12 fevral kunlari chang to‘zon kuzatiladi

Ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekiston hududiga 11-12 fevral kunlari Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra shimoliy Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar qildi.
Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, shu kunlarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.
11 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 12-fevralda esa respublikaning qolgan hududlarida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida kuchli bo‘lishi mumkin. Yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanishi ehtimoli ham bor.