O‘ta tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatdagi sektorlar va tegishli mutasaddilar juda sust ishlayotganini ko‘rsatib o‘tdi.
Faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun:
Samarqand tumani hokimi N.Mavlonov;
Nurobod tumani hokimi F.Zairov;
Markaziy bankning viloyat boshqarmasi rahbari O.To‘xtayev,
Oqdaryo tumani prokurori D.Kubayev;
Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari J.Qodirov, F.Gafarov va D.Ibragimov;
Urgut va Payariq tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari A.Almazov va M.Ergashev;
viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari G‘.Mamatqulov ishdan olindi.
Ularning ba’zilariga nisbatan to‘plangan, shu jumladan korrupsiya holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida jinoiy ish ochish masalasi o‘rganib chiqiladi.