TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arbga Rossiyaning tinchini buzish uchun vosita sifatida kerak. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Buyuk Britaniya TIV rahbari Liz Trass bilan muzokaralar yakunidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Chamasi, g‘arblik hamkorlarimizga prezident Zelenskiy Rossiyani tinchligini buzish uchun vosita sifatida darkor, xolos. U u yerda nimalar deb o‘ylashi va Ukraina iqtisodiyoti, Ukraina budjeti bu vahimaning qanday salbiy oqibatlariga duchor bo‘lishi hech kimni qiziqtirmaydi”, - dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlardagi vahimali mish-mishlar ortidan investitsiyalar Ukrainadan qochishmoqda, elchixonalar xodimlarini evakuatsiya qilishmoqda, G‘arb mamlakatlari esa fuqarolaridan Ukrainani tark etishni so‘rashmoqda.
So‘nggi vaqtlarda G‘arb mamlakatlarida hamda Kiyevda Rossining Ukrainaga ehtimoliy hujumi haqidagi bayonotlar yangramoqda. Rossiya tomoni bunday ayblovlarni takror va takror rad etib kelmoqda.