Atoqli arxeolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Rtveladze Edvard Vasilyevich 80 yoshida vafot etdi.
Edvard Rtveladze Markaziy Osiyo, Kavkaz va qo‘shni mamlakatlarning tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, madaniyati va san’ati sohasida yetuk olimi edi.
Edvard Rtveladze 840 dan ziyod ilmiy ish, jumladan, 41 monografiya muallifidir. Besh yuzdan ziyod ilmiy maqolasi O‘zbekiston, Rossiya, Italiya, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gretsiya, Gruziya, Polsha, Hindiston kabi davlatlardagi nufuzli ilmiy nashrlarda chop etilgan. Uning ilmiy rahbarligida 14 fan doktori va fan nomzodlari tayyorlangan.
1972 yilda Shimoliy Baqtriya hududida tadqiqot olib borgan Rtveladze Kampirtepaning noyob qadimiy yodgorligini topdi. U "Beruniy" nomidagi davlat mukofoti (1985), “Buyuk xizmatlari uchun” (2001) va “Mehnat shuhrati” (2003), "El yurt hurmati" (2017) hamda Gruziyaning “Girdebis ordeni” – “Shon-sharaf” ordenlari (2001) bilan taqdirlangan. Shuningdek, u Gretsiyadagi Avliyo Konstantin ordeni va fan va texnika sohasidagi O‘zbekiston davlat mukofoti laureati (2007) bo‘lgan.
Olim Yevropa professorlar uyushmasining diplomini olgan (2007). O‘rta Osiyo (O‘zbekiston — 1962-yilda, Turkmaniston 1961-yilda) va Shimoliy Kavkaz (Stavropol o‘lkasi, Karachay-Cherkesiya, Kabardin-Balkar, Shimoliy Osetiya)da o‘tkazilgan yuzdan ortiq arxeologik ekspeditsiyalarda qatnashgan.