Toqayev: O‘zbekiston Qozog‘iston uchun qardosh davlat va ishonchli hamkordir

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovni qabul qildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovni qabul qildi. Bu haqda Oqo‘rda matubot xizmati xabar bermoqda.
Toqayev O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil dekabr oyida Qozog‘istonga davlat tashrifi yakunlarini yuqori baholagan va bu Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligini ittifoqchilik darajasiga olib chiqish imkonini berganini ta’kidlagan.
“O‘zbekiston Qozog‘iston uchun qardosh davlat va ishonchli hamkordir, shu bois biz munosabatlarimizni rivojlantirishga alohida ahamiyat beramiz. Ittifoqchilik munosabatlarimiz keng ko‘lamli, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar-madaniy sohalarni qamrab oladi. Bu borada parlament diplomatiyasi alohida o‘rin tutadi”, - dedi Qozog‘iston yetakchisi.
Nurdinjon Ismoilov, o‘z navbatida, Toqayevga uchrashuv uchun minnatdorlik bildirgan hamda O‘zbekiston prezidentining samimiy tilaklari va iliq salomlarini yetkazgan.