Bu qiziq

Qora choy haqida barcha haqiqat

Muntazam qora choy iste’mol qilish qon bosimi va ateroskleroz kasalliklarini oldini oladi.
Sputnik
Qora choy ko‘k choydan kam foydali emas. Masalan, turli tadqiqotlarga ko‘ra, qora choy qonda glyukoza konsentratsiyasini kamaytirish xususiyatiga ega. Bu haqida mutaxassis Mariya Konstantinova RIA Novostiga ma’lum qildi.
Amerikalik olimlar tadqiqotiga ko‘ra, qora choy oshqozon osti bezida endogen insulin ishlab chiqarishni ko‘paytiradi. Bu esa shakarni to‘qimalarga singdirishiga va qonda glyukoza darajasini pasaytirishga yordam beradi.
Shuningdek, qora choy tarkibida polifenollar- antioksidantlar bo‘lib, ichak mikroflorasi muvozanatini saqlashda va organizmda patogen bakteriyalarni yo‘q qilishga yordam beradi.
Muntazam qora choy iste’mol qilish qon bosimi va ateroskleroz kasalliklarini oldini oladi. Shu sababli, qora choyni ko‘k choy bilan solishtirganda foydasiz deya hisoblash noto‘g‘ri.
“Har bir ichimlikda foydali xususiyatlar bor. Ko‘k va qora choyning umumiy foydali jihati shundaki, ularning qahvadan zararli xususiyatlari kam. To‘g‘ri, choy barglari tarkibida tein moddasi bor, biroq u qahvadagi kofein kabi yomon ta’sir qilmaydi”, deydi shifokor.