Kremlda Rossiya va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin va Emmanuel Makron o‘rtasida olti soatlik muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Biroq ijtimoiy tarmoqlar va OAVlarini ikki davlat rahbarlarining uchrashuvini tashkil etilishi o‘ziga jalb etdi.
Muzokaralardan so‘ng internetda Putin va Makron katta stol atrofida bir-biriga qarama-qarshi o‘tirgani aks etgan surat va videolar paydo bo‘ldi. Internet foydalanuvchilari bu voqeani tezda memga aylantirishdi.
2021 yilda AQSh prezidenti Jo Bayden inauguratsiyasida memga aylangan amerikalik senator Berni Sanders surati ham memga qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, 7-fevral, dushanba kuni Rossiya va Fransiya prezidentlari Moskvada muzokara o‘tkazishdi, uchrashuv besh soatdan ortiq davom etdi. Ukrainadagi vaziyat, NATO siyosati va boshqa masalalar muhokama qilindi.