TOShKENT, 9 fev - Sputnik. O‘zbekistonga qanday oziq-ovqat mahsulotlari import qilinayotgani haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati rahbari Gulshan Botirova ma’lum qildi.
2020 yilda O‘zbekistonga 1,7 mlrd. dollarlik oziq-ovqat import qilingan bo‘lsa, 2021-yilda 2,2 mlrd. dollarni tashkil qilgan, bu - 25% ko‘p.
Import oziq-ovqat mahsulotlari asosan Qozog‘iston ($ 881 mln.), Rossiya ($ 747 mln.), Belorussiya ($ 105 mln.), Ukraina ($ 59 mln.), Turkiya ($ 45 mln.) davlatlaridan import qilingan.
Import oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi:
bug‘doy – 616 mln. doll. (2020 yil nisbatan +10 %);
o‘simlik va xayvon yog‘i – 499 mln. doll. (+53 %);
go‘sht mahsulotlari (tovuq go‘shti) – 188 mln. doll. (+84 %);
un va un mahsulotlari – 158 mln. doll. (+19 %);
shakar va konditer mahsulotlari – 146 mln. doll. (-41 %);
meva-sabzavotlar (kartoshka) – 142 mln. doll. (+73 %);
sut mahsulotlari, tuxum va asal – 68 mln. doll. (+41 %);
alkogolsiz ichimliklar – 48 mln. doll. (+182 %);
konservalangan meva-sabzavotlar – 43 mln. doll. (+59 %);
yormalar (grechka, suli, manna) – 14 mln. doll. (+27 %).
Vazirlik ma’lumotida respublika ichida oziq-ovqat xavfsizlgi strategiyasini ta’minlash uchun qilinayotgan ishlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Xususan, hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 13 ming korxona, umumiy maydoni 4,7 ming gektar bo‘lgan issiqxonalar, 39 ta agrologistika markazi va 1 mln tonnadan yuqori mahsulot sig‘imiga ega bo‘lgan 3 282 ta omborxona va sovutkichlar faoliyat yuritayotgani aytib o‘tilgan.