TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Pop tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida, shu kuni 46 yoshli U.B. Pop tuman Barchabek ko‘chasida joylashgan yashash xonadonida o‘zini 4 nafar mahalladoshlariga o‘yin qartasi yordamida qimor o‘ynashi uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, xonadonidan 36 dona o‘yin qartasi, qimor uchun tikilgan 1 400 000 so‘m pul mablag‘ ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.
Holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan U.B.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilindi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.