Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘i kengaytiriladi

Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ini yaratish dasturi 2022-yil oxirigacha ishlab chiqiladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Joriy yilda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ini yaratish va rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Bu yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekistonning 2022—2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi doirasida olib borilmoqda. Dasturni 2022-yilning 4-choragiga qadar ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Bunda respublikada faoliyat yuritayotgan AGTKSh, AYoQShlarda, aholi ko‘p yig‘iladigan obyektlar hududlarida elektr quvvatlantirish, jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari yordamida quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatilishi nazarda tutiladi.
Bu jarayonda kerakli uskunalarni mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinishiga alohida e’tibor beriladi.
2021 yilda o‘zbekistonliklar 809 ta elektromobil xarid qilishgan. Elektromobil importi 2020-yilga nisbatan 6,2 baravarga oshgan. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda elektromobillar olib kirishda aksiz solig‘i va bojxona to‘lovlari olinmaydi. O‘tgan yil noyabridan Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi elektromobillarga alohida davlat belgili raqamlarni berishni boshladi.

Mavzuga oid:

Mahalliy elektromobillarni sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinishi mumkin
Folksvagen”ni O‘zbekistonda elektromobil ishlab chiqarish imkoniyati qiziqtirmoqda
Buxoroda Koreya kompaniyasi elektromobillar ishlab chiqaradi