Aqtauda bir guruh ayollar shahar markazidagi yo‘lni to‘sib qo‘yishdi — ular ijaraga olgan uylarini xususiylashtirishga ruxsat berilmaganidan norozi bo‘lishdi.
Bu haqda Sputnik Qozog‘iston Mang‘istau viloyati hokimligi matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Aqtau shahridan ijaraga uy-joy berilgan Janaozen shahri aholisi mitingga chiqishdi.
Hokimlik kecha bo‘lib o‘tgan miting tafsilotlarini ma’lum qildi:
▫️Aqtauda ijaraga uy olgan 30 nafar ayol kechki payt viloyat hokimligi binosi oldiga kelishdi.
▫️Ijaraga beriladigan uy-joylarni xususiylashtirish (qonunga to‘g‘ri kelmaydi) va maxsus komissiya yig‘ilish o‘tkazilishini talab qilishdi.
▫️Javobdan qoniqmay, viloyat hokimligi oldidagi yo‘lni to‘sib qo‘yishdi.
▫️Kechasi soat 12larda hamma tinchgina tarqaldi.