Toqayev: Qozog‘istonga AES nihoyatda zarur

“Toza atom energiyasisiz butun iqtisodiyotimizni yo‘qotamiz”, - deydi Qozog‘iston prezidenti.
Sputnik
TOShKENT, 8 fev – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev energetikadagi doimiy muammolarni hal qilish uchun atom elektrostansiyasi (AES) qurish zarur ekanligini ta’kidladi.
Davlat rahbari seshanba kuni mamlakat hukumatining kengaytirilgan yig‘ilishida energetika masalalariga to‘xtalib o‘tdi, deya xabar beradi Sputnik Qozog‘iston.
“Biz energiya ta’minoti tizimi faoliyatida muntazam uzilishlarga duch kelyapmiz. Yaqinda mamlakat janubida elektr ta’minotidagi uzilishlar bunga yaxshi misol bo‘ladi. Qo‘shni davlatlar energiya tizimlari ish sifatiga qisman bog‘liqmiz”,– deydi Qozog‘iston yetakchisi.
Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, u AES qurilishini ushbu qiyin vaziyatdan chiqish yo‘li deb hisoblaydi.
“Nima uchun mas’ul shaxslar AES qurish haqidagi savollariga javob berishdan qochapti, tushunmayapman. Axir ochiqchasiga aytish kerak: toza atom energiyasisiz biz butun iqtisodiyotimizni yo‘qotamiz, investitsiyalar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Mintaqaviy yetakchiligimizni yo‘qotamiz. Bizga toza atom elektroenergiyasi juda zarur. Iqtisodiy voqeliklarni tushunmaydigan populistlarning yo‘rig‘iga ergashish kerak emas”, - deydi Toqayev.
Prezident mutasaddilarga atom energetikasining ahamiyati yuzasidan axborot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar bergan.

Mavzuga oid:

Qozog‘iston AES qurish bo‘yicha Rossiya taklifini ko‘rib chiqmoqda
Belarus AES tufayli qancha gaz tejab qolgani ma’lum bo‘ldi
Qozog‘iston AES quradi - Nazarboyev
Armaniston nima sababdan atom energetikasiga qaytdi?
O‘zbekiston aholini arzon elektr energiyasi bilan qanday ta’minlashi mumkin – ekspert