TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Tojikiston va O‘zbekiston chegara masalalari bo‘yicha olti kunlik muzokaralar yakunlari bo‘yicha protokol imzoladi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi axborot departamenti xabar qildi.
“Tojikiston-O‘zbekiston ishchi guruhi 31-yanvardan 5-fevralgacha Jizzaxda chegara masalalari bo‘yicha navbatdagi muzokaralar olib bordi”, - deyilgan axborotda.
Qayd etilishicha, uchrashuv demarkatsiya bo‘yicha qo‘shma komissiya ishi doirasida bo‘lib o‘tgan. Tojikiston-O‘zbekiston chegarasining demarkatsiya chizig‘i loyihasi bo‘yicha qo‘shma takliflar tayyorlandi.
Ishchi guruh mutaxassislari chegara hududlarida ham bo‘ldi.
Uchrashuv do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik ruhida o‘tdi, yakunida bayonnoma imzolandi.
Tomonlar chegara masalalari bo‘yicha navbatdagi uchrashuvni Tojikistonda o‘tkazishni rejalashtirishdi.